Rossiya “qora ro‘yxati”ni yana bir davlat fuqarolari bilan kengaytirdi

Olam

image

Rasmiy Moskva Buyuk Britaniyaning 39 nafar fuqarosiga nisbatan sanksiyalar kiritdi. “Qora ro‘yxat” britaniyalik siyosatchilar, biznesmen va jurnalistlar, jumladan, sobiq Bosh vazir Devid Uilyam bilan kengaytirildi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda keltirilgan.

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniya Hukumati tomonidan Rossiyaning ijtimoiy-siyosiy doiralari vakillari va ommaviy axborot vositalari vakillariga nisbatan sanksiyalar qo‘llash mexanizmi davom etayotgani sabab bir qator britaniyalik siyosatchilar “qora ro‘yxat”ga kiritilgan.

“Bir necha bor ta’kidlanganidek, Buyuk Britaniyaning rusofoblik tartibni o‘rnatatish, mamlakatimiz haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatish va Kiyev neonatsist rejimini qo‘llab-quvvatlash borasidagi zararli harakatlariga Rossiya tomonidan adekvat hamda qat’iy javob beriladi”, deyiladi xabarda.

Sanksiyalar ro‘yxatiga Buyuk Britaniya Leyboristlar partiyasi rahbari Kir Starmer, Shotlandiya bo‘yicha Yevropa va xalqaro taraqqiyot vaziri Nil Grey va sobiq Bosh vazir Devid Uilyam ham kiritilgan.

Avvalroq, Rossiya Yangi Zelandiyaning 32 fuqarosiga, jumladan, mamlakat Qurolli kuchlari qo‘mondonligi vakillari va jurnalistlarga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Buyuk Britaniya

Baholaganlar

182

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing