Rossiya Qirg‘izistonga 20 million dollarlik texnik yordam bermoqchi
Olam
−
01 fevral 2023
8459Rossiya joriy yilning fevral-mart oylarida Qirg‘izistonga texnik yordam doirasida qiymati 20 million dollarlik o‘t o‘chirish mashinalari va vertolyot berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Respublika Prezidenti Sadir Japarov Qirg‘iziston vazirlik va idoralariga avtomashinalarni topshirish marosimida ma’lum qildi.
“Joriy yilning fevral-mart oylarida Rossiyadan yordam sifatida 40 ta o‘t o‘chirish texnikasi va Mi-8 vertolyotini olamiz”, deya ta’kidlagan davlat rahbari.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, texnikalar Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligiga topshiriladi.
Ma’lumot uchun, bugun, 1 fevral kuni Bishkekning markaziy maydonida Qirg‘iziston rasmiylari tomonidan sotib olingan hamda yordam shaklida olingan uskunalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iziston tomoniga Xitoy Xalq Respublikasi hukumati tomonidan sovg‘a qilingan 100 ta o‘t o‘chirish mashinasi, 120 ta avtobus, shuningdek, Rossiya Federatsiyasidan olingan 35 ta tez tibbiy yordam mashinasi topshirilgan.
LiveBarchasi