Rossiya Qirg‘izistondan ko‘proq migrant qabul qilish choralarini ko‘rmoqda
Olam
−
05 may 2022
7012Moskva va Bishkek respublika fuqarolarini Rossiyada ishlash uchun uyushgan holda jalb qilish bo‘yicha hukumatlararo kelishuv ustida ishlamoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Markaziy Osiyo davlatlari bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bugun, 5 may kuni “Rossiyskaya gazeta”da chop etilgan maqolasida aytiladi.
"Mamlakatlarimiz migratsiyani tartibga solish, tegishli huquqiy bazani takomillashtirish sohasida yaqin hamkorlikni rivojlantirmoqda. 2017 yilda O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini tashkil etish bo‘yicha uyushgan holda jalb qilish bo‘yicha hukumatlararo bitim imzolangan. 2019 yilda Tojikiston bilan imzolangan xuddi shunday kelishuv kuchga kirdi. Qirg‘iziston bilan tegishli hukumatlararo hujjat ishlab chiqilmoqda”, deydi Lavrov.
Rossiya Tashqi idorasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari Rossiya mehnat bozoriga katta qiziqish bildirayotgani hech kimga sir emas.
“Bu, jumladan, mintaqadagi aksariyat davlatlar bilan vizasiz rejim va til to‘sig‘ining yo‘qligi bilan bog‘liq”, deydi Rossiya diplomatik departamenti rahbari.
Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston hukumati huzuridagi Davlat migratsiya xizmatidan qayd etilishicha, so‘nggi yillarda 1,3 million qirg‘izistonlik xorijda mehnat qilgan. Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mehnatga layoqatli yoshdagi deyarli har beshinchi qirg‘izistonlik mehnat muhojiri bo‘lgan.
LiveBarchasi