Rossiya ishtirokidagi keyingi sammit urushni yakunlaydi – Ukraina TIV

Olam

image

Ukraina bo‘yicha navbatdagi sammitga Rossiya taklif qilinadi va bu urushni tugatishga olib kelishi kerak. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ma’lum qildi, deya xabar berdi “Strana.ua”.

Nashrning taxminlariga ko‘ra, bu hodisa Ukraina frontda o‘z mavqeini yaxshilaganidan keyin sodir bo‘lishi mumkin.

“G‘oya shundan iboratki, keyingi sammit urushning oxiri bo‘ladi. Va, albatta, muzokaralar stolida boshqa tomon ham hozir bo‘lishi kerak. Ko‘rinib turibdiki, urushni tugatish uchun har ikki tomonning ham ishtiroki lozim. Bunda bizning vazifamiz Ukrainaning ayni paytda eng kuchli pozitsiyada bo‘lishini ta’minlashdir”, deydi vazir.

Shu bilan birga, Kuleba Moskva va Kiyev o‘rtasidagi qurolli mojaroni hal qilishda G‘arb va “global janub”ning pozitsiyalari farq qilishini tan oldi. Biroq u “global janub”ning Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi mojaro va uning hal qilinishi bo‘yicha ilgari surayotgan qarashlaridan norozi.

“Kecha global janubdan biz uchun qiyin bo‘lgan murosaga kelish yo‘llari haqidagi ovozlar yangradi. Bu biz eshitadigan so‘z emas”, deydi TIV rahbari.

15-16 iyun kunlari Shveysariyada Rossiya-Ukraina mojarosi bo‘yicha sammitda 90 dan ortiq davlat ishtirok etdi. Yakuniy kommyunike 80 davlat tomonidan imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Ukraina Rossiya bilan muloqotga kirishishi, biroq bu Kreml tomonidan qo‘yilgan ultimatumlarga asoslanmasligini qat’iy tarzda bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Dmitriy Kuleba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made