Rossiya imperiyasi davridagi oltin tangalarni sotganlar qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Qashqadaryoda imperator tamg‘asi tushirilgan oltin tangani noqonuniy ravishda sotayotgan fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Qashqadaryo viloyatida fuqarolar A.B., Q.D. va M.Sh. “Imperator Nikolay-I” tamg‘ali 10 nominal qiymatdagi oltin tangalarning har birini 4,2 mln so‘mdan hisoblab, jami 7 dona oltin tangani 29,4 mln so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A.B. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura oltin tanga

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing