Rossiya iqtisodiyoti Yaponiyadan navbatdagi zarbani qabul qilib oldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 12 may kuni Yaponiyaning Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalari to‘plami kuchga kirdi. Ular “Sberbank” va “Alfa-Bank” aktivlarini muzlatishni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, shu kundan boshlab Yaponiya jismoniy va yuridik shaxslariga Rossiya Federatsiyasiga yangi investitsiyalarni kiritish taqiqlanadi. Xususan, gap har qanday rus biznesida 10 foiz yoki undan ko‘p miqdorda ulushni sotib olish haqida bormoqda. Muddati bir yildan ortiq bo‘lgan kreditlar ham taqiqlanadi.

Yaponiya Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda mamlakat Rossiyaga 61,2 milliard iyen (470 million dollar) sarmoya kiritgan. Hozirgi vaqtda Rossiyada o‘z faoliyatini davom ettirayotgan yapon kompaniyalari bir qator muammolarga duch kelmoqda, jumladan yetkazib berish zanjiri va tranzaksiya masalalarida.

Yaponiya avvalroq Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Rossiya Federatsiyasiga qarshi bir nechta cheklovlar paketini qabul qilgan edi. Sanksiyalar ro‘yxatiga allaqachon Rossiya Federatsiyasi, Belarus, LXR va DXRning 700 dan ortiq fuqarolari, shuningdek, 200 dan ortiq Rossiya kompaniyalari va tashkilotlari kiritilgan. Bundan tashqari, Yaponiya “Otkritiye” banki, “Novikombank”, “Sovkombank”, VTB, “Rossiya” banki, “Promsvyazban”k, VEB.RF aktivlarini muzlatib qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

600

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing