Rossiya Germaniyaning ikki diplomatini mamlakatdan chiqarib yuboradi

Olam

image

Rossiya Germaniya ikki rus diplomatini mamlakat chiqarib yuborishiga analogik javob qaytaradi. Bugun, 20 dekabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Germaniya elchisi Geza Andreas fon Gayrga rasmiy norozilik bildirib, ikki nemis diplomatini o‘z hududidan chiqarib yuborishini ma’lum qilgan.

“Germaniya hukumatining Rossiyaga nisbatan nodo‘stona qaroriga simmetrik javob sifatida, GFR elchisiga mamlakat elchixonasining ikki diplomatik xodimi “persona non grata” deb e’lon qilingani haqida bildirildi”, deyiladi vazirlikning izohida.

Rasmiy Moskva Berlin tomonidan bo‘ladigan kelajakdagi ehtimoliy qarama-qarshiliklarga Rossiya tomonidan mutanosib javob bo‘lishi haqida ogohlantirgan.

Bundan tashqari, rossiyalik diplomatlar Germaniya elchisi fon Gayr bilan suhbatda, Rossiyaning Gruziya fuqarosi Zelimxon Xangoshvili o‘ldirilishiga aloqadorligi haqidagi “asossiz va haqiqatdan yiroq” ayblovlarni qat’iyan rad etishini ta’kidlab, sud hukmini “aniq siyosiy buyurtma” deya atagan.

O‘z navbatida esa Germaniya TIV bunga javoban, Moskvaning xatti-harakatlari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni chigallashtirishini ma’lum qilmoqda.

Berlin Oliy sudi rossiyalik Vadim Sokolovni (Krasikov) Xangoshvilini o‘ldirishda aybdor deb topib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan. Shundan so‘ng Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisi Sergey Nechayevni chaqirib, rossiyalik ikki diplomat mamlakatdan chiqarib yuborilishi haqida ma’lum qilgan. Bu qarorni yangi saylangan kansler Olaf Shols ham qo‘llab-quvvatlagan.

Hozircha aybdorni himoya qilish uchun dalillar yetarli emasligi ta’kidlanmoqda, ammo apellyatsiya bo‘yicha qaror hali qabul qilinmagan.

2019 yilning 23 avgust kuni Berlinning Moabit tumanida velosipedda ketayotgan noma’lum shaxs sobiq chechen dala qo‘mondoni, Gruziya fuqarosi Zelimxan Xangoshvilini otib o‘ldirgan. Berlin politsiyasi Rossiya fuqarosi Vadim Sokolovni qotillikda gumondor shaxs sifatida hibsga olgan. Sud hukmiga ko‘ra Sokolov aybdor deb topilib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

 

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Germaniya Rossiya

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing