Rossiya G‘arbning “jahannam” sanksiyalaridan qo‘rqmaydi – Medvedev

Olam

image

Rossiya G‘arbning qo‘shimcha cheklovlari, jumladan, ba’zi amerikalik siyosatchilar e’lon qilgan yangi “jahannam” sanksiyalaridan qo‘rqmaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.

"Biz haqiqatan ham bu sanksiyalardan qo‘rqmaymiz. Bu shunchaki gap emas, aslida nima bo‘lganini bayon qilish.

Hozir ular bizga "jahannam" sanksiyalari bilan tahdid qilmoqda. Biroq u nima ekanligini, nimadan iborat ekanligini bilmayman. Hamkasbim Barak Obamaning so‘zlarini yaxshi eslayman. 2015 yilda ma’lum sabablarga ko‘ra, sanksiyalar qo‘llanilganidan so‘ng, u ushbu iborani aytdi va men buni eslab qoldim: "Rossiya iqtisodiyoti parchalanib ketgan". Xo‘sh, qani Obama, qayerda? Pensiyada, bizning iqtisodiyot esa yashayapti, rivojlanyapti”, deydi Medvedev. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatda iqtisodiy rivojlanish muammosiz emas, ular juda ko‘p. Biroq iqtisod bilan hech qanday dahshatli narsa yuz bermaganini va qayerdadir haqiqatan ham yaxshiroq bo‘lganini aytgan. 

Xavfsizlik Kengashi rahbarining o‘rinbosari, shuningdek, Rossiya uchun sanksiyalar oddmy holat ekanligini ta’kidlagan.

"Gap shundaki, men buni bir necha bor aytganman bu sanksiyalar bizga begona emas. Va men hozir hatto oxirgi davrni emas, sovet davrini nazarda tutyapman. Sovet Ittifoqiga qarshi va bizning Vatanimizga qarshi turli sabablarga ko‘ra kamida 10 marta sanksiyalar kiritilgan. Jumladan, "Urengoy - Pomar - Ujgorod" gaz quvuriga. Ya’ni, biz uchun bu yangilik emas", deb xulosa qildi u.

Avvalroq, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden Vashingtonda jurnalistlar bilan bo‘lgan matbuot anjumanida, agar Rossiya Federatsiyasi Ukrainaga bostirib kirsa, Vashington Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga qarshi sanksiyalar joriy etishini istisno qilmasligini aytgandi.

Shuningdek, u Rossiyaga ham “ilgari hech qachon ko‘rmagan” sanksiyalarni va’da qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

612

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing