Rossiya G‘arb bilan uzoq davom etadigan mojaroga tayyorlanmoqda – Finlyandiya 

Olam

image

Rossiya G‘arb bilan uzoq davom etadigan mojaroga tayyorlanyapti. Bu haqda Finlyandiya Bosh vaziri Petteri Orpo bugun, 13 mart kuni Yevropa parlamentida so‘z ochdi.

“Rossiya G‘arb bilan uzoq davom etadigan mojaroga tayyorgarlik ko‘rayotgani va Yevropaga doimiy va muhim harbiy tahdid solayotgani ko‘rinib turibdi. Agar biz birlashgan Yevropa sifatida bu chaqiruvga munosib javob bera olmasak, kelgusi yillar xavf-xatarlarga to‘la bo‘ladi va yaqinlashib kelayotgan hujum tahdidi bilan ajralib turadi. Rossiya yengilmas emas”, deydi Finlyandiya hukumati rahbari.

U Yevropa Ittifoqining 27 davlatini mudofaa xarajatlarini oshirishga chaqirib, ittifoq o‘z mudofaasiga g‘amxo‘rlik qilishi kerakligini ta’kidladi.

Qayd etish joizki, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishini “ma’nosiz qadam” deb atagan va Rossiya Finlyandiya chegarasi yaqinida qo‘shin va harbiy texnikani joylashtirishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Vladimir Putin Rossiya texnik jihatdan yadro urushiga tayyor ekanini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Finlyandiya Petteri Orpo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing