Rossiya futbol ittifoqi O‘FAning O‘runov bo‘yicha talabiga munosabat bildirdi

Sport

image

Rossiya futbol ittifoqining etika qo‘mitasi rahbari Semyon Andreyev O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining “SKA-Xabarovsk” klubi bosh murabbiyi Sergey Yuranning “Spartak” klubining o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Oston O‘runovning yoshi haqidagi bayonotlarini ko‘rib chiqish talabiga izoh berdi.

“O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bizning rahbariyatga murojaat qilishi kerak. Reglamentga ko‘ra faqatgina Rossiya futboli rahbariyati RFI eetika qo‘mitasig murojaat qila oladi”, degan Andreyev.

Qayd etish kerakki, “SKA-Xabarovsk” klubi bosh murabbiyi Sergey Yuran Moskvaning “Spartak” klubi futbolchisi Oston O‘runovning yoshi 4-5 yosh kichraytirib ko‘rsatilganini aytgandi.

Bunga O‘FA munosabat bildirib, futbolchi qit’a darajasida tegishli tekshiruvlardan o‘tganini ta’kidladi va Yuranning iddaolari bo‘yicha sinchkovlik bilan tekshiruv o‘tkazishni so‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

Oston O'runov

Baholaganlar

413

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing