Rossiya futbol ittifoqi Adidas bilan “xayrlashadi”

Sport

image

Rossiya futbol ittifoqi (RFI) Prezidenti Aleksandr Dyukov Rossiya terma jamoasi yangi texnik homiy izlashini, tashkilot Germaniyaning Adidas kompaniyasi bilan hamkorlikni yakunlashini aytdi.

“Ishonch bilan aytish mumkinki, 2023 yilda biz Adidas formalaridan foydalanmaymiz. 2023 yilning birinchi choragida yangi texnik homiyga ega bo‘lamiz. Hozir muzokara olib borilmoqda – yangi texnik homiy tez orada aniq bo‘ladi”, deydi Dyukov.

Ma’lumot uchun, Adidas 2008 yildan beri Rossiya terma jamoasining texnik homiysi hisoblanadi. Rossiya terma jamoasi barcha yirik xalqaro turnirlarda nemis brendi libosida o‘ynagan. Rossiya terma jamoasi futbolchilari 2012, 2016 va 2020 yillardagi Yevropa chempionatlarida, shuningdek, 2014 va 2018 yillardagi Jahon chempionatlarida Adidas liboslaridan foydalangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Adidas

Baholaganlar

1

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing