Rossiya fuqarosi AQSH elchixonasiga bostirib kirdi
Olam
−
07 iyun 2021
8087Kecha, 6 iyun kuni Rossiyadagi AQSH elchixonasiga shaxsi noma’lum erkak to‘siqdan oshib bostirib kirdi. U o‘z harakatlarini “koinot fitnasi”dan ogohlantirish deb izohlagan. Bu haqda "Gazeta" xabar bermoqda.
Voqea joyining o‘zidayoq qoidabuzar Moskva politsiyasi tomonidan hibsga olingan. Hibsga olish vaqtida ham uning noo‘rin harakatlar qilgani ma’lum qilinmoqda. Uning bu harakatlari poytaxt politsiyasida shubha uyg‘otgan va u psixiatrik tekshiruvga yuborilgan. Erkak elchixonaga unga pul berishi kerak bo‘lgan dehqonni qidirib kirganini aytgan.
Surishtiruv natijasida bosqinchi 1987 yil tug‘ilgan Naro-Fominsk tumanida yashovchi Andrey Maznev ekanligi ma’lum bo‘lgan. Holat bo‘yicha surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Kamola Amirova
LiveBarchasi