Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Olam

image

Yaqin Sharqdagi keskinlik ortidan O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklardan hushyorlikni oshirish, boshpanalarni oldindan aniqlash va rasmiy ko‘rsatmalarga amal qilishi so‘raldi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi

Elchixona ma’lumotlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi vaziyat yanada keskinlashishi ehtimoli mavjud. Shu munosabat bilan O‘zbekiston fuqarolariga Isroil davlat organlari, xususan, Fuqaro front orti qo‘mondonligi (Home Front Command) tomonidan berilayotgan rasmiy xabar va ko‘rsatmalarni muntazam kuzatib borish hamda ularga amal qilish tavsiya etildi.

Shuningdek, yashash yoki ish joyiga yaqin bo‘lgan boshpanalar joylashuvini oldindan aniqlab qo‘yish, safar va harakatlanishni rejalashtirishda ehtiyotkor bo‘lish, rasmiy cheklovlar va xavfsizlikka oid ogohlantirishlarni inobatga olish, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni doimo o‘z bilan olib yurish hamda yaqinlar bilan doimiy aloqada bo‘lish so‘ralgan.

Elchixona fuqarolardan xotirjamlikni saqlash, tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik va faqat rasmiy manbalar orqali berilgan axborotga tayanishni ham so‘radi.

Qayd etilishicha, diplomatik vakolatxona vaziyatni doimiy ravishda kuzatib bormoqda va zarurat tug‘ilganda qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi.

Isroilda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar shoshilinch holatlarda elchixona taqdim etgan quyidagi raqamlarga murojaat qilishlari mumkin:

  • 03-672-2466
  • 03-672-2371
  • 03-758-5075
  • 03-758-5076

Favqulodda holatlar uchun:

+972 54 485 1397

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 iyun kuni ham O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqqan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing