Rossiya fuqaroligini olgan 900 dan ortiq migrant harbiy ro‘yxatga olindi

Olam

image

2024 yilning birinchi choragida Rossiyada tergovchilar harbiy komissarlik va ichki ishlar boshqarmalari vakillari bilan birgalikda Sverdlovsk viloyatining bir qator shaharlarida mamlakat fuqaroligini olgan, ammo harbiy xizmatda ro‘yxatdan o‘tmagan shaxslarni aniqlash maqsadida reydlar o‘tkazdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yildan buyon Sverdlovsk viloyatida o‘tkazilgan reydlar davomida ushbu toifadagi 1340 nafardan ortiq shaxs aniqlangan, ularga zudlik bilan ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi harbiy komissarlikka chaqiruv qog‘ozi berilgan.

“Jami biz yaqinda Rossiya fuqaroligini olgan 920 dan ortiq kishini ro‘yxatga olishga muvaffaq bo‘ldik, ulardan 130 dan ortig‘i Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari safiga chaqiruv va shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga jo‘nab ketgan”, deya qayd etgan nashr Tergov qo‘mitasiga tayanib.

Bunday reydlar Yekaterinburg, Nijniy Tagil, Pervouralsk, Bogdanovich va Suxoy Log shaharlarida mehnat muhojirlari ommaviy to‘planadigan joylarda – oziq-ovqat bozorlari, ulgurji sabzavot omborlari, yotoqxonalarda o‘tkazilgan.

Shuningdek, Rossiya Ichki ishlar vazirligi Moskvadagi reyddan keyin 800 dan ortiq noqonuniy migrantlar deportatsiya qilingani haqida xabar bergandi.

Qayd etish joiz, Rossiyada noqonuniy muhojirlarga qarshi reydlar “Krokus Siti Holl”dagi teraktdan so‘ng kuchaydi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi boshida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin jamoat tartibini saqlash, ekstremizmga qarshi kurashish va noqonuniy migratsiyaga chek qo‘yish masalalariga e’tibor qaratish bo‘yicha topshiriq bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant harbiy xizmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing