Rossiya xorijdagi fuqarolarini ortga qaytarishni to‘xtatdi

Jamiyat

image

Bugun, 4 apreldan Rossiya xorijdagi fuqarolarini qaytarish uchun amalga oshirilayotgan xalqaro reyslarni to‘xtatdi. Koronavirusning tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab tegishli qarorni qabul qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Shaxsi haqida hujjat ko‘rsatgan chet eldagi RF fuqarolariga hukumat yordam ko‘rsatadi. Buning uchun Tashqi ishlar vazirligiga 500 mln rubl ajratilgan.

Rosaviatsiya 4 apreldan keyinga berilgan charter reyslar uchun barcha ruxsatnomalarni qaytarib olgan. Ayni vaqtda rossiyaliklarni xorijdan qaytarish uchun charter reyslar qachon tiklanishi noma’lum.

Ma’lumot uchun, Rossiyada koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 4 mingdan oshib ketdi. Ularning 34 nafari vafot etgan va 258 nafari davolangan.

Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi charter reyslardan boshqa barcha parvozlarni to‘xtatgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya koronavirus

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing