Rossiya fuqarolarini Xitoydan evakuatsiya qilishni boshladi

Olam

image

Bugun, 1 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi koronavirusning yangi turi tarqalgan Xitoydan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishni boshladi.

Buning uchun Primore hududidagi uchta (Poltavka, Kraskino i Pogranichnыy) nazorat-o‘tkazuv punkti ochilgan. Bugun 100 nafar rossiyalikni qabul qilish rejalashtirilgan.

Chegaradan o‘tkanlar maxsus tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi, ularning har biridan tadqiqot uchun mazok olinadi.

Ma’lumot uchun, Xitoydagi virus o‘chog‘i bo‘lgan Uxan shahrida 300 nafar, Xubey provinsiyasida esa 341 nafar rossiyalik bor. Xitoyning turistik markazi Xaynan orolidagi rossiyaliklar 2665 nafarni tashkil etadi.

 Eslatib o‘tamiz, kecha, 31 yanvar kuni Rossiyada birinchi marta koronavirus bilan kasallangan ikki shaxs aniqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Xitoy virus

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing