Rossiya floti yadroviy zarbalar berishni mashq qildi

Olam

image

Rossiya harbiy-dengiz kuchlari NATO bilan ehtimoliy ziddiyat yuzaga kelgan taqdirda Yevropa davlatlariga qarshi yadroviy zarbalar berishni mashq qildi. Bu haqda 2008-2014 yillar davomida tayyorlangan maxfiy hujjatlar bilan tanishgan “Financial Times” xabar berdi.

Nashr tomonidan olingan, rossiyalik zobitlar uchun tayyorlangan hujjatlarda oddiy va yadroviy kallaklarni olib yurishga qodir raketalar nishonlari ro‘yxati keltirilgan. Hammasi bo‘lib taqdimot uchun tayyorlangan xaritalarda Rossiya flotining Yevropadagi 32 ta nishoni ko‘rsatilgan.

Manbada keltirilishicha, Rossiyaning Boltiq floti Norvegiya va Germaniyadagi nishonlarga hujum qilishi kerak bo‘ladi. Bularga Bergendagi harbiy-dengiz bazasi, shuningdek, radar stansiyalari va maxsus kuchlar ob’ektlari kiradi. O‘z navbatida, Shimoliy flot mudofaa sanoati ob’ektlariga, jumladan, Britaniya Barrou-in-Fernessdagi kemasozlik zavodiga zarba berishi mumkin, bu yerda harbiy kemalar va suvosti kemalari joylashgan.

Bundan tashqari, hujjatlarda mojaroning dastlabki bosqichida yadro qurolidan foydalanish afzalligi qayd etilgan. Shuningdek, flotning yuqori manyovr qobiliyati turli yo‘nalishlardan to‘satdan va ommaviy hujumlarni amalga oshirish imkonini berishi aytiladi. Shu bilan birga, yadro qurolini boshqa yo‘q qilish vositalari bilan birgalikda qo‘llash kerakligi ko‘rsatilgan.

Hujjatlarni o‘rgangan harbiy tahlilchilarning ta’kidlashicha, bu ma’lumotlar NATOning Rossiya flotidan hujumlar xavfini baholashiga mos keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing