Rossiya Federatsiya Kengashi raisi o‘rinbosari Mirziyoyev qabulida bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 8 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisining o‘rinbosari Galina Karelovani qabul qildi. Galina Karelova parlamentlar ayol rahbarlarining xalqaro sammitida ishtirok etish uchun Toshkentda bo‘lib turibdi.

Rossiya parlamenti rahbarining o‘rinbosari O‘zbekiston yetakchisiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenkoning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Davlat rahbari O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida keyingi yillarda yuksak darajaga erishilganini, ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishga ikki mamlakat parlamentlarining yaqin va samarali aloqalari faol hissa qo‘shmoqda.

Bunday sermahsul muloqotlarni, shu jumladan ko‘p tomonlama tuzilmalar - Parlamentlararo ittifoq va MDH Parlamentlararo assambleyasi doirasida davom ettirish muhimligi qayd etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

56

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing