Rossiya Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘quv mashg‘ulot vaqtida halok bo‘ldi
Olam
−
08 Sentabr 2021
17930Rossiya Favqulodda vaziyatlar vaziri Yevgeniy Zinichev o‘quv mashg‘uloti vaqtida, bir inson hayotini saqlab qolishga harakat qilib, fojiali tarzda vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yevgeniy Zinichev Arktika zonasini favqulodda vaziyatlardan himoya qilish bo‘yicha idoralararo mashg‘ulotlarga qatnashib, xizmat vazifasini bajarish vaqtida fojiali tarzda vafot etganini afsus bilan ma’lum qiladi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Zinichev 1966 yil 18 avgustda Leningradda tug‘ilgan. Sankt-Peterburg biznes va huquq institutining iqtisodiyot hamda moliya va kredit fakultetini tamomlagan.
Qayd etilishicha, u 2013 yilda Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasida professional qayta tayyorgarlikdan o‘tgan.
Yevgeniy Zinichev 1984-1986 yillarda SSSR Qurolli Kuchlarida Shimoliy flotda xizmat qilgan. 1987-2015 yillarda esa Davlat xavfsizlik organida ishlagan.
LiveBarchasi