Rossiya endi qo‘shma vaksina ishlab chiqarmoqchi 

Olam

image

Rossiyaning N.F Gamaley nomidagi milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi olimlari bir vaqtning o‘zida inson organizmida grippga va koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetni yaratishmoqchi. Ular shu maqsadga mo‘ljallangan, qo‘shma emlovchi vosita yaratishni rejalashtirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburgning ta’kidlashicha, bunday vaksinani ishlab chiqarishdan oldin klinik sinovlar o‘tkaziladi. Uning aniqlik kiritishicha, bunday dori paydo bo‘lish vaqti haqida gapirishga hali erta. 

Avvalroq, 7 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasining sobiq bosh sanitariya shifokori, Davlat Dumasi deputati Gennadiy Onienko hozirgi mavsumda xavf guruhidagi aholi, ya’ni, 80-90 million kishi koronavirus infeksiyasi va grippga qarshi emlanishi kerakligini aytgandi. 

Dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasi 11 avgust kuni ro‘yxatdan o‘tkazildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin N.F Gamaley nomidagi milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina jahon amaliyoti asosida ro‘yxatdan o‘tkazilganligiga ishontirdi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Rossiyada tayyorlangan koronavirus “Sputnik V” vaksinasini sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqyapti. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev “Kommersant’” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan. Yusupaliyev Hukumat vaksina sotib olish uchun mablag‘ ajratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini ham qo‘shimcha qilgan.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

158

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing