Rossiya endi qurollarni avvalgidek ko‘paytira olmaydi – Bayden

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga qaratilgan sa’y-harakatlari, jumladan, ushbu maqsadlar uchun 52 milliard dollar ajratishni nazarda tutuvchi CHIPS and Science Act qonunini qabul qilish o‘z samarasini berdi.

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, qonunning qabul qilinishi Amerika iqtisodiyotidagi vaziyatni sezilarli darajada yaxshi tomonga o‘zgartirdi, deb yozmoqda “Amerika Ovozi”.

Amerika Prezidenti yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish ham milliy xavfsizlik masalasi ekanini ta’kidlab, buni, xususan, Ukrainaga yetkazib beriladigan Javelin raketa tizimlarini ishlab chiqaruvchi Lockheed Martin mudofaa konserni misolida tushuntirdi.

“Ukrainaga Javelin raketalarini yetkazib berishda muammolarga duch keldik, chunki [Lockheed Martin] chiplar, kompyuter chiplari yo‘q edi. Putinning ushbu shafqatsiz va asossiz urushida o‘zlarini himoya qilish uchun biz bu yigitlarga Javelin yuborayotgandik”, deydi Bayden.

Oq uy rahbarining ta’kidlashicha, Rossiya allaqachon o‘z Qurolli Kuchlarini ta’minlashda muammolarga duch kelgan va buning sabablaridan biri Qo‘shma Shtatlar o‘z qurollarini yaratish uchun “Moskvaga kerakli narsalarni olishda qiyinchiliklar” yaratishga muvaffaq bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

561

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing