Rossiya Dumasi O‘zbekiston bilan bojxona haqidagi qonunni qabul qilmoqchi
Olam
−
20 iyul 2023
8187Davlat dumasi yalpi majlisda O‘zbekiston bilan bojxona xizmatlari to‘g‘risidagi bitimni, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasida tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga o‘tish davrini uzaytirish to‘g‘risidagi protokolni ratifikatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasidagi ikki davlat bojxona xizmatlari vakolatxonalarini ochish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 8 iyul kuni Davlat Dumasiga taqdim etgan.
Shartnomaga muvofiq bojxona xizmati vakolatxonasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
• bojxona faoliyatini tartibga solish masalalari bo‘yicha o‘z davlati bojxona xizmati manfaatlarini ifodalaydi;
• davlatlar o‘rtasida bojxona hamkorligini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
• davlatlarning bojxona ishi sohasidagi xalqaro shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etadi.
2025 yilning 31 dekabriga qadar Ittifoqqa a’zo mamlakatlar normalari bo‘yicha tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berish imkoniyatini uzaytiruvchi YeOII doirasida tibbiy buyumlar muomalasining yagona qoidalari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi protokol imzolandi. Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan 6 iyulda Davlat Dumasiga ratifikatsiya qilish uchun taqdim etilgan. Hujjat bugun, 20 iyul kuni Dumaning elektron bazasiga joylashtirildi. Protokol qoidalari tibbiy buyumlar tanqisligi tahdidini bartaraf etish maqsadida tibbiy buyumlarni ro‘yxatga olish milliy tizimlarini saqlashga qaratilgan.
Protokol 2023 yil 13 fevralda YeOIIga a’zo davlatlar tomonidan imzolangan bo‘lib, YeOII doirasidagi tibbiy buyumlar muomalasining yagona tamoyillari va qoidalari to‘g‘risidagi kelishuvni to‘ldiradi. Bitimda ittifoq doirasida muomalaga chiqarilgan tibbiy buyumlar yagona tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari, milliy qonunchilik normalariga muvofiq ro‘yxatga olingan tibbiy buyumlar faqat ushbu davlat hududida ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning amal qilish muddati tugagunga qadar muomalaga kiritilishi mumkin.
LiveBarchasi