Rossiya dronlari yana Kiyevga hujum qildi
Olam
−
01 dekabr
8867Bugun, 1 dekabrga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi dronlar yordamida Kiyevni o‘qqa tutdi. Bu haqda Kiyev shahar harbiy boshqarmasi rahbari Sergey Popko o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Ertalab Kiyevda dron hujumi tufayli yana havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilingan. Mahalliy vaqt bilan soat 7:29 da harbiylar hujumchi uchuvchisiz uchoqlar janubdan poytaxt tomon uchayotgani haqida ogohlantirgan. Kiyevning o‘qqa tutilishi Yevropa kengashi rahbari Antoniu Kosta hamda Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallasning poytaxtga tashrifidan bir necha soat oldin sodir bo‘lgan.
Kiyev shahar harbiy boshqarmasi bayonotiga ko‘ra, tunda ukrainalik harbiylar o‘nga yaqin hujumchi dronlarni topib, zararsizlantirgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida oltita avtomobil zarar ko‘rgan, portlash to‘lqini tufayli turar-joy binolaridan birining oynalari singan. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Hammasi bo‘lib Rossiya bir kechada har xil turdagi 78 ta dron yordamida hujum qilgan. 32 ta dron urib tushirilgan, yana 45 tasi yo‘qolgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainaga qarshi urushni davom ettirayotgan Rossiya armiyasi Kiyev va bir qator boshqa hududlarga uchuvchisiz samolyotlardan zarba bergandi. Oqibatda noturarjoy infratuzilmasi ob’ektiga shikast yetgan, bir jabrlanuvchi topilib, poytaxtdagi tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.