Rossiya droni Kiyevdagi UXX qarorgohiga zarba berdi
Olam
−
20:51 901 1 daqiqa
Bugun, 4 sentyabr kuni Rossiya droni Ukraina Xavfsizlik xizmatining (UXX) Kiyevdagi qarorgohiga zarba berdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Ukraina Prezidentining bildirishicha, dron UXX rahbari vazifasini bajaruvchi Aleksandr Pokladning “kabinetiga to‘g‘ridan to‘g‘ri” yo‘naltirilgan. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, zarba oqibatida jabrlanganlar bor, biroq Prezident ularning aniq sonini ochiqlamagan.
“Ukrainskaya pravda” ma’lumotlariga ko‘ra, zarba berilgan vaqtda Poklad kabinetda bo‘lmagan.
Zelenskiy hujumdan so‘ng UXX boshlig‘i bilan gaplashib olganini va uning javob zarbalarini tayyorlash bo‘yicha hisobotini tinglaganini ma’lum qilgan.
“Javob geografiyasi aniqlab olindi. Vaqt natija beradigan tarzda tanlanadi”, deydi Ukraina Prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saratov viloyatining Engels shahrida noma’lum shaxs Rossiya Fazo-kosmik kuchlari (FKK) uzoq masofali aviatsiyasining 22-og‘ir bombardimonchi aviatsiya diviziyasi qo‘mondoni, general-mayor Nikolay Varpaxovichga suiqasd qilgandi. Ukraina Xavfsizlik xizmati va mamlakat Bosh prokuraturasi Varpaxovichga 2024 yil 8 iyul kuni Kiyevdagi “Oxmatdet” bolalar shifoxonasiga berilgan raketa zarbasiga aloqadorlikda sirtdan gumon bildirgan.
Live
Barchasi