Rossiya doktrinasi o‘zgaradimi?
Olam
−
07 aprel 2023 14964 1 daqiqa
Belarusda taktik yadroviy qurollarini joylashtirish rejalari Rossiya Federatsiyasining yadroviy doktrinasini qayta ko‘rib chiqish zaruratini anglatmaydi. Bu haqda Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
U jurnalistlar tomonidan berilgan hujjatni yangilash to‘g‘risidagi savolga "yo‘q" deb javob bergan.
Avvalroq davlat rahbari Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi Belarus tomonining iltimosiga ko‘ra davlatda taktik yadro qurolini joylashtirishini aytgan edi. U AQSH uzoq vaqtdan beri o‘z ittifoqchilari hududida yadroviy kallaklarni joylashtirib kelayotganini ilova qilgan. Belarus hududida bu turdagi qurollar saqlanadigan ombor qurilishi 1 iyulda yakunlanadi.
Rossiya yadroviy doktrinasiga (Rossiya Federatsiyasining 2020 yilgi yadroviy to‘siq bo‘yicha davlat siyosatining asoslari) ko‘ra, agar dushman ushbu yoki boshqa ommaviy qirg‘in qurollaridan foydalansa, Rossiya tomoni ham yadro qurolidan foydalanishi mumkin.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust