Rossiya diplomatini haydagan yana bir davlatga javob qaytardi

Olam

image

Rossiya Bolgariyaning Moskvadagi elchixonasi xodimini “persona non grata” (istalmagan shaxs) deb e’lon qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“13 may kuni Bolgariya Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Atanas Kristin Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga taklif qilindi va u yerda unga Moskvadagi Bolgariya elchixonasi xodimini “persona non grata” deb e’lon qilingan vazirlik notasi taqdim etildi”, deyiladi diplomatik missiya bayonotida. 

TIVda ta’kidlanishicha, bu chora Bolgariyaning shu yilning aprel oyida qabul qilgan “Rossiyaning Sofiyadagi elchixonasi diplomatining “persona non grata” deb e’lon qilish bo‘yicha asossiz qaroriga” javobdir.

1 aprel kuni Bolgariya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Sofiyadagi elchixonasi birinchi kotibini “persona non grata” deb e’lon qildi. Bundan oldin Bolgariya prokuraturasi Tashqi ishlar vaziri Teodora Genchovskayani rossiyalik diplomatlardan biri tartibga solinmagan razvedka faoliyatini amalga oshirilgani haqida xabardor qilgan edi. Aytilishicha, gumonlanuvchi Rossiya elchixonasining birinchi kotibi bo‘lgan. Rossiya diplomatining noqonuniy faoliyatiga oid dalillar diplomatik vakolatxonaga taqdim etilmagani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya aprel oyida Yevropa IttifoqiBolgariya va Germaniyaning mamlakatdagi diplomatlarini chiqarib yuborgandi. May oyida esa Daniya diplomatlarini “persona non grata” deb e’lon qildi.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

480

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing