Rossiya chet elga pul o‘tkazish limitini 5 baravarga oshirdi

Olam

image

Rossiya banki valyuta nazorati choralarini bosqichma-bosqich yumshatish doirasida jismoniy shaxslar uchun pul mablag‘larini chet elga o‘tkazish limitlarini sezilarli darajada oshirdi va Rossiyada ishlayotgan norezidentlarga ish haqi miqdoridagi summalarni o‘tkazishga ruxsat berdi. Bu haqda “Interfaks” yozmoqda. 

Ta’kidlanishicha, Rossiya Federatsiyasi rezidentlari va do‘st mamlakatlardan kelgan norezidentlar bir kalendar oy ichida Rossiya bankidagi hisob raqamlaridan 50 000 dollardan ko‘p bo‘lmagan (yoki boshqa xorijiy valyutadagi ekvivalentini) mablag‘ni o‘zlarining hisobi yoki chet eldagi boshqa jismoniy shaxsga o‘tkazishlari mumkin.
Shunday qilib, bu limit besh baravar oshirilgan — ilgari u oyiga 10 000 dollardan oshmasligi kerak edi. 

“Shu bilan birga, hisobvaraq ochmasdan pul o‘tkazmalari xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar orqali rezidentlar va do‘st mamlakatlardan kelgan norezidentlar oyiga 5 000 dollardan ko‘p bo‘lmagan (yoki boshqa valyutadagi ekvivalentida) pul o‘tkazishlari mumkin”, deyiladi Markaziy bank xabarida. 

Xuddi shu huquq Rossiyada shartnomalar bo‘yicha ishlayotgan do‘stona bo‘lmagan mamlakatlardan kelgan norezidentlarga ham berilgan. Bungacha do‘stona munosabatda bo‘lmagan mamlakatlarning norezidentlari hisobvaraqdan faqat 10 000 dollar va hisob ochmasdan 5 000 dollargacha bo‘lgan xorijiy valyutadagi mablag‘larni o‘tkazishlari mumkin edi. 

Shu bilan birga, Markaziy bank Rossiyada ishlamaydigan jismoniy shaxslar, sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar, shuningdek, ushbu davlatlar yuridik shaxslari uchun chet elga pul o‘tkazmalarini taqiqlashni saqlab qolgan. Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslarning mablag‘larini chet elga o‘tkazishda cheklovlar qo‘llanilishi davom etmoqda. Cheklovlar 2022 yil 30 sentyabrgacha belgilangan. 

O‘tkazma summalari pul o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan sanada Rossiya banki tomonidan belgilangan xorijiy valyutalarning rublga nisbatan rasmiy kursi bo‘yicha hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya pul

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing