Rossiya chegara yaqinida 16 ta bombardimonchi samolyot joylashtirdi. Endi hujum qayerga?

Olam

image

Rossiya NATO a’zolari Finlyandiya va Norvegiyadan 200 kilometr uzoqlikdagi Kola yarim orolidagi Olenya aviabazasiga yadroviy quvvatga ega 16 ta Tu-160 va Tu-95 strategik bombardimonchi samolyotlarini joylashtirdi. Bu haqda “The Barents Observer” agentligi 7 may kuni sun’iy yo‘ldoshdan olingan va kecha, 14 may kuni e’lon qilingan suratlarga asoslanib, xabar berdi.

Bildirilishicha, ushbu yadroviy bombardimonchi samolyotlarning birinchisi bazaga avgust oyida keltirilgan.

Olenya aviabazasida ikkita tovushdan tez harakatlanadigan Tu-160 va 14 ta Tu-95 turbovintli samolyotlar joylashtirilgan. Tu-160 va Tu-95 samolyotlari juda tez havoga ko‘tarilish imkoniyatiga ega.

Olenya aviabazasi avvalroq Tu-22M bombardimonchi samolyotlar va bir nechta An-12 harbiy-transport samolyotlari uchun xizmat qilgan. Biroq 2022 yil avgust oyida to‘rtta Tu-160 va oktyabrda 10 dan ortiq Tu-95 va Tu-160 samolyotlari bazaga keltirilgan.

Norvegiya Mudofaa tadqiqotlari instituti professori Katarjina Zisk bu kabi og‘ir bombardimonchi samolyotlarni shimolga jo‘natish NATO mamlakatlari uchun signal hisoblanishini aytib o‘tgan.

G‘afforov Ibrohimjon


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

NATO Rossiya Norvegiya Finlyandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing