Rossiya bugun tunda Ukrainaga qarshi yadro qurolidan foydalanishi mumkin – OAV
Olam
−
03 may 2023
45535Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya bugun, 3 may kuni tunda Ukrainaga qarshi ilk bor yadro qurolidan foydalanishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi.
Xabarda aytilishicha, Rossiyaning Engels va Shaykovkadagi havo bazalariga TU-22M samolyotlarini tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar yuborilgan. Tunda Kiyevdagi ma’muriy binolarga shu samolyotlar bilan zarba berilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Bundan tashqari, bugun kechasi yadro qurolidan ham foydalanilishi mumkinligi aytilyapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kremlga dron vositasida hujum qilingandi. Rossiya tomoni bu Ukrainaning ishi ekanini iddao qilmoqda. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa mamlakat Kremlga ham Rossiyaga ham hujum qilmaganini bildirgan.
Vashington hozircha Kremlga berilgan dron zarbasini o‘rganayotganini, uning kim tomonidan sodir etilgani xususida biror ma’lumot bera olmasligini ta’kidlagan.
LiveBarchasi