Rossiya Britaniya diplomatini mamlakatdan haydadi
Olam
−
19:38
3130Rossiya bugun, 26 noyabr kuni Britaniyaning Moskvadagi elchixonasida ishlagan diplomat Uilks Prayorni josuslikda ayblab, akkredatsiyasidan mahrum qildi va ikki hafta ichida mamlakatdan chiqib ketish shartini qo‘ydi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) britaniyalik diplomat josuslik faoliyatini olib borish maqsadida niqob sifatida mamlakatga kirish uchun qasddan yolg‘on ma’lumotlar taqdim etganini va “bu bilan Rossiya qonunchiligini buzganini” da’vo qildi. Shuningdek, FXX diplomatni josuslik va qo‘poruvchilik faoliyatini amalga oshirganlikda ayblamoqda.
“FXX diplomat Moskvaga shu yozda Rossiya chiqarib yuborgan Britaniya razvedkachisi deb taxmin qilingan olti xodimdan birini “almashtirish” uchun jo‘natilganini da’vo qildi” deya izoh bergan Britaniya Tashqi ishlar vazirligi CNN’ga.
Shuningdek, bugun, 26 noyabr kuni Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elchisi Nayjel Keysi mazkur masala bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi.
Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi davom etar ekan, tobora keskinlashib bormoqda. Diplomatning chiqarib yuborilishi shu siz ham yaxshi bo‘lmagan ikki davlat aloqalariga katta zarba bo‘ldi.
LiveBarchasi
16:25