Rossiya Bosh shtab boshlig‘i o‘rinbosari 15 yilga qamalishi mumkin

Olam

image

Rossiya Qurolli kuchlari aloqa bosh boshqarmasi boshlig‘i, Bosh shtab boshlig‘ining o‘rinbosari, general-leytenant Vadim Shamarin o‘ta yirik miqdorda pora olganlikda ayblanib, 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Shamarin Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 290-moddasi 6-qismiga binoan katta miqdorda pora olish bilan aybli deb topildi. U bu jinoyat uchun maksimal tarzda 15 yilgacha qamoqqa olinishi mumkin”, deydi RIA Novosti suhbatdoshi. 

Sud qaroriga ko‘ra, Shamarin, kecha, 22 may kuni 2 oy muddatga – 21 iyulgacha hibsga olingan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Moskvaning Basmanniy sudi katta miqdorda pora olganlikda ayblanib hibsga olingan Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanovni 23 iyunga qadar tergov izolyatoriga jo‘natgan edi. Xuddi shu kuni Ivanov lavozimidan chetlatildi. Bir kundan keyin sud Ivanov va uning qarindoshlarining ko‘chmas mulki, aktivlari va bank hisob raqamlarini hibsga oldi. Xuddi shu ish yuzasidan yana ikki nafar ayblanuvchi qamoqqa olingan. Shu oy o‘rtalarida  Rossiya Mudofaa vazirligining Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Yuriy Kuznetsov katta miqdorda pora olishda ayblanib, hibsga olindi. Unga pora berishda ayblangan tadbirkor Leva Martirosyanga nisbatan 2024 yil 12 iyulga qadar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Habib Jo‘raboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing