Rossiya BMTda Bucha bo‘yicha o‘zini oqlashga imkon qidiryapti

Olam

image

Rossiya yana Buchada Ukraina harbiylarining jinoiy provokatsiyalari munosabati bilan BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirishni talab qiladi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘zining Telegram -kanalida yozgan. 

“Kecha, inglizlarning eng yomon an’analariga ko‘ra, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashiga raislik qilayotgan Britaniya Xavfsizlik Kengashining Buchadagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilishiga rozi bo‘lmadi. Rossiya bugun yana bu shaharda Ukraina harbiylari va radikallarining jinoiy provokatsiyalari munosabati bilan BMT Xavfsizlik kengashini chaqirishni talab qiladi”, deya ta’kidlaydi diplomat. 

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa Buchadagi vaziyatni “soxta hujum” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yerda Ukraina va G‘arbda barcha kanallar va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan sahna ko‘rinishi tashkil etilgan. 

“Kuni kecha Kiyev viloyatining Bucha shahrida rossiyalik harbiylar erishilgan reja va kelishuvlarga muvofiq chiqib ketganidan so‘ng navbatdagi soxta hujum uyushtirildi. U yerda, bir necha kundan so‘ng, Ukraina vakillari va ularning G‘arbdagi homiylari tomonidan barcha kanallar va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan sahna ko‘rinishi bo‘lib o‘tdi”, degan Lavrov BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits bilan muzokarada.

Uning qayd etishicha, bir necha hafta oldin Mariupoldagi tug‘ruqxonalardan biridagi vaziyatni Rossiya harbiylarining jinoyati sifatida ko‘rsatishga urinishlar bo‘lgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, urinishlar ochiqdan-ochiq provokatsion maqsadda amalga oshirilgan va soxta materiallar taqdim etilgan va ular fosh bo‘lgan.

“Rossiya G‘arb davlatlarining Ukrainadagi gumanitar masalalarni siyosiylashtirish va hatto spekulyatsiya qilishga urinishlarini qayd etadi”, deydi Lavrov.  

3 aprel kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyevning Buchada tinch aholini o‘ldirganlikda ayblaganini rad etdi. Mudofaa vazirligi Rossiya Qurolli kuchlari 30 mart kuni Buchani butunlay tark etganini va Qurolli kuchlar zobitlari shaharga kelganidan keyin to‘rtinchi kuni “jinoyat dalillari” paydo bo‘lganini aytdi. Rossiya Mudofaa vazirligi, shuningdek, 31 mart kuni Anatoliy Fedoruk videomurojaatida shaharda rossiyalik harbiylar yo‘qligini tasdiqlaganini va ko‘chalarda otib o‘ldirilgan aholini tilga olmaganini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin Bucha qirg'ini

Baholaganlar

275

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing