"Rossiya bizning dushmanimiz” degan gaplarga ishonmayman - Makron
Olam
−
02 dekabr 2019
5621NATOning asosiy raqibi Rossiya yoki Xitoy emas, balki xalqaro terrorizmdir. Bu fikrni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron NATOning yubiley sammiti arafasida aytdi.
Makron Rossiya bilan yaqin hamkorlik qilishga intilmoqda. "Rossiya bizning dushmanimiz” degan so‘zlarga ishonmayman", deydi Fransiya prezidenti. U Yevropada ishonch va xavfsizlikning yangi arxitekturasini "qurmoqchi”.
Frayburg universiteti tarix professori Jorn Leonardning fikricha, Fransiya prezidenti bu so‘zlari bilan yangi dunyodagi o‘zgarishlar, xususan, siyosiy munosabatlarning buzilishi, AQSH-Xitoy o‘rtasidagi savdo mojarosiga qarshi. Tarixchining fikriga ko‘ra, Makron o‘z mamlakati uchun yangi tashqi siyosiy alternativlarni qidirmoqda.
Makronning bayonoti, Malida aksilterror operatsiyasi paytida 13 fransuz askarining o‘limi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. U aytgan ikki og‘iz gapi bilan Fransiya nafaqat moliyaviy va texnik jihatlarga, balki strategik masalalarga, ayniqsa, terrorizmga qarshi kurashga e’tibor qaratish kerakligiga urg‘u berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Emmanuel Makron Fransiyani NATOning yetakchisiga aylantirishni rejalashtirayotganini aytgan edi.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi