Rossiya Belarusga neft yetkazib berishni to‘xtatdi

Olam

image

Rossiya Belarus neftni qayta ishlash zavodlariga (NQIZ) xomashyo yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

“Belarus neftni qayta ishlash zavodlari tomonga (neft) yetkazib berish yo‘q”, degan Belarusdagi neft sohasiga yaqin manba.

Uning so‘zlariga ko‘ra, neft yetkazib berish 1 yanvar kuni to‘xtatilgan. Uzluksiz ta’minot 31 dekabrda to‘xtatilgandi. Bundan tashqari, Belarusda hozircha neft zahirasi bor va har ikki NQIZ odatiy tartibda ishlayapti.

Belarusda ikkita NQIZ bor – Mozirda (“Mozir NQIZ” OAJ) va Novopolotsda (“Naftan” OAJ).

Rossiyaning Belarusdan neft tranzit qilishida hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan. Tranzit hamon cheklovlarsiz amalga oshirilyapti.

Ma’lumot uchun, dekabr oyi oxirida Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko 2020 yilda mamlakati Rossiyadan 22 mlrd kub metr gaz va 22-25 mln tonna neft sotib olishini aytgandi. Biroq yakunda shartnoma imzolanmay qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

neft' Rossiya-Belarus'

Baholaganlar

120

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing