Rossiya Belarusga 1,5 mlrd dollar qarz beradi – Putin

Olam

image

Rossiya Belarusga 1,5 mlrd dollar miqdorida davlat qarzi ajratadi. Bu haqda RF Prezidenti Vladimir Putin Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar berdi TASS.

U RF Bosh vaziri Mixail Mishustin avvalroq Minskda ikki davlat munosabatlarini har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazganini qo‘shimcha qildi.

“Biz Rossiya Belarusga hozirgidek qiyin vaziyatda 1,5 mlrd dollar miqdorida davlat qarzi ajratishga kelishib oldik va buni bajaramiz. Hozir bilishimcha bizning Moliya vazirlarimiz bu borada professional darajada ish olib boryapti”, degan Putin.

Putin kredit ajratilishi Belarus moliya bozoriga ijobiy ta’sir qilishiga umid qilyapti.

“Rossiya Belarusga berayotgan kreditni tasodifan eslatmadim. Umid qilamanki, bu tegishlicha moliya bozorlariga ham ta’sir qiladi”, degan Rossiya rahbari.

Lukashenko avgust oyi oxirida Belarus RF bilan mamlakatning davlat qarzini 1 mlrd dollarga qayta moliyalashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazishini ma’lum qilgandi. RF Moliya vaziri Anton Siluanov moliya idoralari qarz sharti va miqdori ustida ish olib borayotganini ochiqlagandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 14 sentyabr kuni Lukashenko va Putin Sochida muzokaralar o‘tkazyapti. Ularning muzokaralari yakkama-yakka uchrashuvdan boshlandi.


Maqola muallifi

Teglar

qarz Vladimir Putin Rossiya-Belarus' Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

125

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing