Rossiya Baxmutning 75 foizini egallagani aytilmoqda

Olam

image

Kecha, 10 aprel kuni Rossiya kuchlari qamaldagi Baxmut shahrining 75 foizdan ortig‘ini o‘z nazoratiga olgani aytildi. Bu haqda Ukrainadagi Donetsk viloyatining Moskva nazoratidagi qismiga Rossiya tomonidan tayinlangan rahbar Denis Pushilin o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.

Xabaringiz bor, Baxmutda 13 oylik urushning eng qonli janglaridan biri bo‘lib o‘tmoqda va u har ikki tomonning katta qurbonlari tufayli Birinchi Jahon urushi bilan taqqoslanmoqda.

Denis Pushilin o‘tgan yozdan beri janglar davom etayotgan kichik konchilar shahri bo‘lgan Baxmutga borgani tasvirlangan videolavhani Telegram kanaliga yuklagan. Unda Pushilin zirhlar bilan kiyingan holda portlash ovozlari fonida xarobalar orasida yurganini ko‘rish mumkin. Noma’lum yer osti joyidan olingan videoda Pushilin Baxmutga hujumda boshchilik qilgan “Vagner” guruhining yollanma qo‘shinlari jangchilarini mukofotlaganini ko‘rish mumkin.

“Ishonch bilan ayta olamanki, shaharning 75 foizdan ortig‘i bizning bo‘linmalar nazoratida. Lekin Baxmutning qulashi haqida gapirishga hali erta”, degan Pushilin Baxmutga safaridan so‘ng “Rossiya-24” telekanaliga bergan intervyusida.

Rossiya Baxmutning qo‘lga olinishi butun Ukraina bo‘ylab kelajakda hujumlar o‘tkazish imkoniyatini ochib beradi, desa, Kiyev va G‘arb hozir vayron qilingan shahar faqat ramziy ahamiyatga ega, demoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2 aprel kuni tunda “Vagner” yollanma guruhi rahbari Yevgeniy Prigojin Baxmut qo‘lga olinganini e’lon qilgandi.  Biroq Ukraina harbiylari buni rad etdi. 5 aprel kuni esa Urushni o‘rganish instituti Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Baxmut shahri shimoli, Xromovo shimoli va Orexovo-Vasilevka shimoli-sharqida olg‘a qadam tashlayotganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Baxmut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing