Rossiya askarlari Tog‘li Qorabog‘dan chiqib ketyapti

Olam

image

Bugun, 17 aprel kuni Rossiya tinchlikparvar kuchlari Ozarbayjon tarkibidagi Tog‘li Qorabog‘ hududidan chiqib keta boshladi. Bu haqda Kreml voizi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Ayrim Ozarbayjon nashrlarining yozishicha, ushbu jarayon 16 apreldan boshlangan. Aslida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Rossiya davlat rahbari Vladimir Putinning 2020 yil 10 noyabrdagi uch tomonlama kelishuviga asosan ushbu kontingent 2025 yilgacha mintaqada qolishi kerak edi. Biroq Putin kelishuvlar qayta ko‘rib chiqilishini xohlagan.

Ijtimoiy tarmoqda sizdirilgan tasdiqlanmagan kadrlarda Shimoliy Kavkaz hududidan Rossiya bayrog‘i ostidagi harbiy mashinalar karvoni harakatlanayotgani ko‘rsatilgan. Nashrlar qo‘shinlar ko‘chirilishini ularga zarurat qolmaganligi bilan izohlagan.

Ma’lumot uchun, Rossiya tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘ hududiga 2020 yil noyabr oyida Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida yuzaga kelgan keskinlikdan so‘ng joylashtirilgan edi. O‘sha paytda rus kontingenti hajmi 2000 nafarga yaqin harbiy xizmatchi va 90 ta zirhli transport vositasidan iborat bo‘lgani ma’lum qilingan.

2023 yil sentyabrida Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ni to‘la egallash uchun maxsus operatsiya o‘tkazdi. Oqibatda poytaxti Stepanakert bo‘lgan tan olinmagan respublika Baku qo‘liga o‘tdi. Unda yashayotgan 100 mingga yaqin etnik armanlar Armanistonga ko‘chib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Ozarbayjondagi elchisi Ann Buayonni  maslahatlashuvlar uchun chaqirib olgani haqida xabar bergandik.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Ozarbayjon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made