Fransiya Ozarbayjondagi elchisini chaqirib oldi

Olam

image

Fransiya Ozarbayjondagi elchisi Ann Buayonni maslahatlashuvlar uchun chaqirib oldi. Bu haqda Fransiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, rasmiy Parij bu qarorni “Ozarbayjonning bir tomonlama harakatlari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazgani” bilan izohladi. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron allaqachon diplomatik missiya rahbari bilan bu mavzuni muhokama qilgan. Davlat rahbari “Ozarbayjonning xatti-harakatlaridan afsusdaligini bildirgan” va “Bakudan o‘z niyatlariga oydinlik kiritishi kutilayotganini” ta’kidlagan. 

“Makron Parij Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish jarayonini qo‘llab-quvvatlashini aytdi”, deyiladi TIV bayonotida. 

Ma’lumot uchun, 2023 yil oxiridan beri Fransiya va Ozarbayjon munosabatlarida keskinlik kuzatilmoqda. Ozarbayjon Fransiya hukumatini Armanistonga harbiy yuklarni yuborgani uchun tanqid qiladi. 2023 yil dekabrida Fransiya Armanistonga 50 ta zirhli texnika jo‘natishi ma’lum bo‘lgan. Joriy yilning fevral oyida Fransiya Mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu Armanistonga rasmiy tashrifi chog‘ida Parijning Yerevanni qisqa, o‘rta va uzoq masofaga mo‘ljallangan havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlashga tayyorligini aytgan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida Fransiyaning Bakudagi elchixonasining ikki xodimi diplomatik maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan faoliyati uchun persona non grata deb e’lon qilinib, ularga 48 soat ichida mamlakatni tark etish buyurilgani haqida xabar bergandik.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Frantsiya Ozarbayjon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing