Rossiya askarlari Xerson aholisining uylarini talon-toroj qilmoqda

Olam

image

Ukraina Rossiyani janubdagi Xerson viloyatida aholining uylarini talon-toroj qilishda va askarlar fuqaro kiyimini kiygan holda ko‘cha janglariga tayyorgarlik ko‘rishda aybladi. So‘nggi kunlarda Rossiya Ukraina hujumini kutgan holda tinch aholini Xersondan chiqib ketishga chaqirmoqda. Rossiya qo‘shinlari shaharni joriy yilning fevral oyidagi bosqindan keyin birinchi bo‘lib egallab olgan edi. Bu haqda “Reuters” agentligi yozmoqda.

Ikki tomonning ham ma’lum qilishicha, urushdan oldin 300 mingga yaqin aholiga ega bo‘lgan Xerson oxirgi 48 soat ichida elektr energiyasi, suv va gaz taminotidan uzilgan. Shahar qorong‘u va sovuq bo‘lib qolgan.

Shaharning Rossiya tayinlagan rasmiylari Ukrainani “sabotaj”da ayblagan bo‘lsa, Kiyev rasmiylari ruslar 1,5 km elektr uzatish liniyalarini demontaj qilganini aytishdi.

Ukraina hudud aholisining evakuatsiya qilinishini “majburiy deportatsiya” va “urush jinoyati” deb baholagan. Moskva esa aholini xavfsizlik uchun ko‘chirayotganini aytadi.

Joriy yilning 7 noyabr kuni Ukraina harbiylari Xerson viloyatining Dneprian shahridagi tibbiyot muassasasidan 100 ga yaqin nogiron bolalar Moskva viloyatiga ko‘chirilganini ma’lum qilgan. Kaxovkadagi qariyalar uyidan ham bemorlar ko‘chirilgan va Rossiya Qurolli kuchlari bu muassasalarni egallab olmoqda.

Xerson viloyati Dnepr daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ida, Ukrainani ikkiga bo‘luvchi Rossiyaga tegishli hududning yagona markazi joylashgan. Ukraina Qurolli kuchlari janubda oktyabr oyining boshidan buyon jadallashgan. 

Nashrning yozishicha, qarshi hujumning asosiy maqsadi Rossiya bosib olgan hududlarning markazini qaytarib olishdir.

Shuningdek, “Reutres” Xerson ichidagi vaziyatni mustaqil ravishda tasdiqlashning iloji yo‘qligini bildirgan. Ammo, ukrainalik askarlar bosqinchilarni shahardan chiqarib yuborish uchun shiddatli janglar bo‘lishini aytgan. Ukraina harbiylari Rossiya qo‘shinlari fuqarolik kiyimida bo‘lib, tinch aholi turar joylarini egallab olgani va ko‘cha janglarini o‘tkazish uchun ichkaridagi pozitsiyalarni mustahkamlaganini ta’kidlamoqda.

Ta’kidlanishicha, Ukraina Rossiya askarlarini aholi va infratuzilma ob’ektlarini talon-toroj qilish va o‘g‘irlikda ishtirok etganlikda ayblamoqda. Askarlar Rossiya Federatsiyasiga uskunalar, oziq-ovqat va transport vositalarini olib ketmoqda. Rossiya tomoni esa tinch aholini tunash borasidagi Ukraina tomonidan qilingan iddaoni rad etgan.

Ukraina harbiylari 8 noyabr kuni ertalab bergan bayonotida Xerson viloyatining Berislav tumanida Rossiyaning zenit inshooti, o‘q-dorilar omboriga zarbalar berilgani va rus zirhlari yo‘q qilingani haqida xabar berdi. Bundan tashqari, 32 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgani aytilgan. Shuningdek, Ukraina tomonidan ozod qilingan Kamenka qishlog‘i atrofiga Rossiya havo kuchlari to‘rt marta zarba bergan.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 7 noyabr kuni sharqdagi Donetsk viloyati mojaroning “o‘chog‘i” bo‘lib qolayotganini, har kuni yuzlab rossiyaliklar halok bo‘layotganini aytgan.

Donetsk viloyatidagi Baxmut va Avdeyevka shaharlari esa eng og‘ir janglardan aziyat chekmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing