Rossiya armiyasi Xarkov viloyatini o‘qqa tutdi

Olam

image

Bugun, 8 martga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Xarkov viloyati Chuguyev shahriga raketa hujumlarini amalga oshirdi. Bu haqda Xarkov viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Oleg Sinegubov va viloyat politsiyasining Telegram-kanallarida xabar berildi.

Aytilishicha, hujum oqibatida do‘konlar, mehmonxona va 13 ga yaqin avtomobil zarar ko‘rgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, uch kishi jarohatlangan.

Oldinroq 7 mart kuni Rossiya harbiylari Sumi viloyatini o‘qqa tutgan. Viloyat harbiy boshqarmasi rahbari Vladimir Artyuxning so‘zlariga ko‘ra, hujum tibbiyot shaharchasiga qilingan.

"Bugun Rossiya Sumiga navbatdagi zarba berdi. Yaradorlar bor. Afsuski, halok bo‘lganlar ham. Oilasi va do‘stlarini yo‘qotgan barchaga hamdardlik bildiraman", degan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kechki videomurojaatida. 

Uning ta’kidlashicha, Rossiya "bu yovuzlik uchun" javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, 6 mart kuni Odessa Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakisning shaharga tashrifi chog‘ida Rossiya tomonidan raketa hujumiga uchragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Xar'kov Sumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing