Rossiya AQSHning ikki nafar diplomatini mamlakatdan haydadi

Olam

image

Kecha, 14 sentyabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan Amerikaning Moskvadagi diplomatik missiyasi rahbari Linn Treysiga  elchixona birinchi kotibining harakatlari diplomatik maqomga mos kelmasligi to‘g‘risida rasmiy nota taqdim etildi.  Bu haqda ''Vesti'' nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, AQSH elchixonasi vakili J.Sillin va elchixonaning ikkinchi kotibi D.Bernshteyn xorijiy davlatlar bilan “maxfiy hamkorlik”da ayblangan. Unda Rossiya Federatsiyasining milliy xavfsizligiga zarar yetkazishga qaratilgan moddiy tovon undirish bo‘yicha topshiriq berilgan hamda elchixona vakillari Rossiya fuqarosi Robert Shonov bilan aloqa o‘rnatib, noqonuniy faoliyat olib borgani aytilgan. 

AQSH elchisiga J.Sillin va D.Bernshteyn 7 kun ichida “persona non grata” maqomida Rossiya hududini tark etishi kerakligi bildirilgan.

Shuningdek, AQSH diplomatik missiyasining noqonuniy faoliyati, jumladan, mezbon davlatning ichki ishlariga aralashuviga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Norvegiya hukumati Yevropadagi xavfsizlik vaziyatining o‘zgarishi hamda Rossiya tomonidan razvedka tahdidining ortgani sababli Rossiya elchixonasining 15 nafar xodimini persona non grata deb e’lon qilganligi va ularga Norvegiya hududini tark etish buyurilganligi  haqda xabar bergan edik. Bundan tashqari, Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Berlinda akkreditatsiyadan o‘tgan 30 dan ortiq rossiyalik diplomatni persona non grata deb e’lon qilishni rejalashtirayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya diplomat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing