Rossiya AQSH korxonasiga zarba berdi

Olam

image

Kecha, 20 avgust kuni Ukrainaga tinimsiz raketa, dron va aviabombalar bilan ommaviy hujum qilgan Rossiya AQSH ob’ektiga ham zarba berdi. Bu haqda bugun, 21 avgust kuni Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, urushni tugatish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarga qaramay Rossiya bir kechada Ukrainaga yirik qo‘shma havo hujumi uyushtirdi.

“Raketalardan biri g‘arbiy mintaqamizdagi Amerikaning yirik elektronika ishlab chiqaruvchi korxonasiga zarba berdi, hodisa jiddiy zarar olib keldi, qurbonlar ham bor.

Bu hudud Mudofaa tizimi yoki harbiylarga hech qanday aloqasi bo‘lmagan to‘liq fuqarolik ob’ekti”, deydi TIV rahbari.

Qayd etish joiz, bu Rossiyaning Ukrainadagi Amerika biznesiga birinchi hujumi emas. Joriy yil boshida Kiyevdagi Boeing ofislariga ham zarbalar berilgan. 

Ukraina TIV rahbari bunda harbiy mantiq yo‘qligini bildirib, Rossiyaning bu harakatini mamlakatdagi normal hayotga qarshi terror deb atadi.

“Shuning uchun Rossiyani urushni to‘xtatishga majburlash juda muhim va biz Ukraina tinchlikni yaqinlashtirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishga tayyorligini yana bir bor ta’kidlaymiz. Ikki tomonlama Ukraina-Rossiya va uch tomonlama Ukraina-AQSH-Rossiya formatidagi rahbarlarning uchrashuvlari diplomatiyani ta’minlash uchun juda muhimdir”, deydi u.

Shuningdek, kechagi hujumda Zakarpate viloyatining Mukachevo shahridagi korxonalardan biriga berilgan zarba oqibatida kelib chiqqan yong‘in sabab 12 kishi jabrlangan. Lvov ma’muriyati ham jiddiy vayronagarchiliklar va bir kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, 10 avgust kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon muloqotida Ozarbayjonning SOCAR kompaniyasining Ukrainadagi neft bazasiga Rossiya havo kuchlarining zarbalarini qoralagandi. 18 avgustga o‘tar kechasi ham Rossiya Ukrainaning Odessa shahridagi  infratuzilma ob’ektiga zarba berdi. Shundan so‘ng, qator OAVda gap Ozarbayjon kompaniyasiga tegishli ob’ekt haqida ketayotganiga oid ma’lumot paydo bo‘ldi.

Dilbar Shoakromova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Rossiya Ukraina Andrey Sibiga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing