Rossiya AQSH kongressmenlariga sanksiya joriy qildi
Olam
−
14 aprel 2022
9426Rossiya sanksiyalarga javob tariqasida AQSH Kongressi Vakillar palatasining 398 nafar a’zosiga nisbatan cheklovlar joriy qilmoqda. Bu haqda RF Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
“Jozef Bayden ma’muriyati tomonidan joriy yilning 24 martida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasining 328 deputatiga qarshi qarshi kiritilgan sanksiyalarning navbatdagi “to‘lqini”ga javoban. AQSH Kongressi Vakillar palatasining 398 a’zoga nisbatan analogik sanksiya cheklovlari kiritilmoqda”, deyiladi Rossiya TIV bayonotida.
Bayonotga ko‘ra, bu shaxslar, jumladan AQSH Kongressi quyi palatasi rahbariyati va qo‘mita raislari doimiy ravishda Rossiya “stop ro‘yxati”ga kiritiladi.
TIVning ta’kidlashicha, AQSHning doimiy sanksiyalarini hisobga olgan holda, yaqin kelajakda Rossiyaning yangi qarshi choralari e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda, bu “stop ro‘yxati” va boshqa javob choralariga kiritilgan odamlar sonining ko‘payishini nazarda tutadi.
Bayonot matnida Rossiya sanksiyalari ostida qolgan kongressmenlar ro‘yxati keltirilgan.
LiveBarchasi