Rossiya AQSH harbiylariga hujum qilish uchun pul taklif qilmagan – “Tolibon”

Olam

image

“Tolibon” radikal harakati Amerika harbiylariga hujum qilish uchun Rossiya tomonidan pul taklif qilinganini rad etdi. Bu haqda Tolibon siyosiy idorasi vakili Sher Muhammad Abbos Stanikzay bugun, 29 yanvar kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda shunday fikrni ilgari surdi.

“Bu mutlaqo noto‘g‘ri. Biz buni butunlay rad etamiz”, deydi Sher Muhammad o‘ziga berilgan savolga javoban.

Unga ko‘ra, AQSH harbiy kuchlari Afg‘onistonni egallab olgan va toliblar ular bilan 2001 yildan beri chet eldan hech kimning puliga ehtiyoj sezmasdan kurashib kelmoqda. 

“Biz bosqinchilarga qarshi hech qanday mukofotsiz kurashmoqdamiz”, deydi harakat vakili.

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil iyun oyida “The New York Times” gazetasi Rossiya harbiy razvedkasining ma’lum bir bo‘limi “Tolibon” radikal harakati jangarilarini Afg‘onistondagi xalqaro koalitsiya harbiy xizmatchilariga hujumlar uyushtirishga undayotgani haqida xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tolibon Sher Muhammad Abbos Stanikzay

Baholaganlar

710

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing