Rossiya a’zo bo‘lgan SHHT Ukraina inqirozini hal qilmoqchi

Olam

image

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti davlatlari Ukraina inqirozini hal qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga tayyor. Bu haqda SHHT Bosh kotibi Chjan Min RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida so‘z ochdi. 

Uning qayd etishicha, SHHTga a’zo davlatlar umumiy qadriyatlar asosida birlashib,  o‘plab muhim xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha bir xil yoki o‘xshash pozitsiyaga ega. 

Chjan Min ta’kidlaganidek, Ukraina mojarosi boshlanganidan keyin SHHT unga katta e’tibor qaratdi va manfaatdor davlatlarni mintaqadagi umumiy vaziyatga e’tibor qaratib, kelishmovchiliklarni bartaraf etish, umumiy manfaatlarni topish yo‘lida bir-birlari tomon harakat qilish, tinchlikka erishish va mojaroni tinch, siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan hal qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirishlarini qo‘llab-quvvatlagan. 

Bosh kotib SHHTga a’zo ko‘plab davlatlar mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, muammoni to‘g‘ri hal etish va hal etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga tayyor ekanini ta’kidladi.

“Ular ham Ukrainadagi gumanitar inqirozni yengib o‘tish uchun o‘z sa’y-harakatlarini amalga oshirishda davom etmoqda”, deya qo‘shimcha qildi Chjan Min.

Ma’lumot uchun, 2001 yilda tashkil topgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston a’zo. 2022 yilning 16 sentyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammitda davlatlar rahbarlari Eronning to‘laqonli a’zoligini ma’qulladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

1

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing