Rossiya 1 million kishini urushga tortmoqchimi? Peskov shov-shuvli xabarlarga izoh berdi
Olam
−
22 Sentabr 2022
14483Rossiya qisman harbiy safarbarlik doirasida 1 million kishini armiyaga jalb qilmaydi. Bu haqda Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
U matbuotda tarqalgan xabarlarga munosbat bildirib, bu yolg‘on axborot ekanini ta’kidlagan.
“Novaya gazeta. Yevropa” nashri safarbarlik to‘g‘risidagi Prezident farmonining ochiqlanmagan yettinchi bandida 1 million kishini harbiy xizmatga chaqirish imkoniyati nazarda tutilganini da’vo qildi.
Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, unga ko‘ra 300 ming Rossiya fuqarosi jangovar hududga boradi.
LiveBarchasi