Rossiya Hukumati soliq ta’tillarini yil oxirigacha uzaytirdi

Olam

image

Rossiya Hukumati bir qator sohalardagi kichik va o‘rta biznes uchun soliq ta’tillarini yil oxirigacha uzaytirdi. Bu haqda Bosh vazir Mixail Mishustin bugun, 12 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Hukumat yig‘ilishida ma’lum qilgan.  

"Prezident nomidan hukumat biznes uchun soliq ta’tillarini uzaytiradi", deydi u. Bosh vazirga ko‘ra, tegishli farmon allaqachon imzolangan.

"Biz inqirozga qarshi yordamni ayrim zarar ko‘rgan tarmoqlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yil oxirigacha uzaytiramiz", deb qo‘shimcha qildi Mishustin. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora madaniyat, turizm, mehmonxona biznesi, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar xizmatlar ko‘rsatish va sport,  konferensiyalar va ko‘rgazmalar tashkil etish sohasida faoliyat yuritadigan kompaniyalarga taalluqli.  

Vazirlar Mahkamasi rahbari soliqlar va sug‘urta badallarini to‘lashni kechiktirish bo‘yicha muddat joriy yilning bahorigacha, olti oy amal qilishini ham eslatdi. 

"Vaziyat hali ham qiyin. Xarajatlarni kamaytirish va tiklash uchun kichik va o‘rta biznes davlat tomonidan qo‘shimcha yordamga muhtoj", deydi Bosh vazir. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya soliq ta'tili

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing