Rossiya hududida qiruvchi samolyot quladi (video)
Olam
−
12 avgust 2023 21046 1 daqiqa
Bugun, 12 avgust kuni Rossiyaning Kaliningrad viloyatida Su-30 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda RBK Rossiya G‘arbiy harbiy okrugi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotning qulashiga texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Hodisa cho‘l hududida sodir bo‘lgan. O‘quv parvozi vaqtida qulagan samolyotning ekipaji a’zolari halok bo‘lgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 may kuni Rossiyaning Bryansk viloyatida avvaliga Mi-8 vertolyoti, undan keyin esa Su-34 harbiy samolyoti halokatga uchragandi. Hodisalar oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘lgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr