Rossiya hududida dron halokatga uchradi
Olam
−
27 may 2023 7560 1 daqiqa
Rossiyaning Tver viloyati Andreapol tumanida dron halokatga uchradi. Hodisa oqibatida qurbonlar yo‘qligi ma’lum qilindi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
“27 may kuni Tver viloyati, Andreapol tumani, Eroxino qishlog‘i yaqinida dron halokati qayd etildi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi. Vaziyat gubernator Igor Rudenining shaxsiy nazorati ostida”, deyiladi hisobotda.

Viloyat hukumati xabariga ko‘ra, tezkor xizmatlar voqea joyida ish olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 23 mayga o‘tar kechasi Rossiyaning Belgorod viloyati bir necha bor o‘qqa tutilgan edi. Viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkov mintaqada aksilterror operatsiyasi davom etayotganini aytib o‘tgandi.
Live
Barchasi