Rossiya harbiylarining tinkasi quridi – Britaniya razvedkasi

Olam

image

Ukraina urushning borishini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi va rus qo‘shinlarining imkoniyatlari “tugadi”. Britaniya hukumati aloqa markazi – elektron razvedka hamda hukumat va armiya idoralari ma’lumotlari himoyasini ta’minlash uchun mas’ul razvedka agentligi rahbari Jeremi Fleming shunday fikr bildirdi.

“Biz bilamiz – joydagi rossiyalik qo‘mondonlar ham bilishadi – ularning ta’minoti va o‘q-dorilari tugab bormoqda”, deya Flemingning so‘zlarini keltiradi BBC News.

Uning fikricha, Ukrainadagi urushning Rossiyaga qo‘ygan xarajati – odam va texnika jihatidan – “hayratlanarli”, chunki bosqin boshida rus qo‘shinlari erishgan yo‘qqa chiqarilyapti.

Fleming, shuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning urush bilan bog‘liq qarorlari noto‘g‘ri bo‘lib chiqqanini va buni kuch tuzilmalarida ham, butun Rossiya xalqi orasida ham tushuna boshlashganini ta’kidlaydi.

“Ular Putin vaziyatni qanchalik noto‘g‘ri baholaganini ko‘rishyapti”, deydi u.

Uning ta’kidlashicha, ruslar safarbarlikdan qochishga majbur, xorijda erkin sayohat qila olmaydi hamda zamonaviy texnologiyalar va global tendensiyalar bilan hamnafas bo‘lish keskin cheklanishini bilishyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

432

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing